insurez
28-09-2025 17:58

VILOYAT HOKIMI ILG'OR FERMERGA SOVG'A TOPSHIRDI


Tumanimizda paxta yig‘im-terimi mavsumi qizg'in tus olgan.

Mirishkor dehqonlaru, fermerlar yetishtirilgan hosilni betalofat yig'ib olish uchun mehnat qilyapti.

Qishloq xo‘jaligi vaziri I. Abdurahmonov viloyat hokimi A.Boboyev va tuman hokimi Sh.Rahmonov hamrohligida Pastdarg’om tumani hududlarida davom etayotgan terim ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida Chandirobod MMTPdagi "Bahriddin sulolasi" fermer xo'jaligi raisi N.Egamberdiyevga yuqori paxta hosildorligi va belgilangan rejani birinchi bo'lib bajarganligi uchun minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovg'alar topshirildi.

Teglar
- -