VATANPARVARLAR HARBIY-SPORT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI
Samarqand viloyati umumtaʼlim maktablaridagi 10-11-sinf o‘quvchilaridan iborat "Vatan tayanchi" otryadi aʼzolari o‘rtasida "Mudofaa Vaziri kubogi" uchun o‘tkazilgan "Vatanparvarlar harbiy-sport musobaqasi"ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada viloyatimizdagi barcha tuman va shaharlardan tashrif buyurgan o‘quvchi yoshlar o‘zaro bellashdi.
Unda Pastdarg‘om tumanidagi 7-umumiy o‘rta taʼlim maktabining “Jasorat” jamoasi ham munosib ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Biz yosh tumandoshlarimizni yuqori natija bilan tabriklab, kelgusida bundanda yuksak marralarni zabt etishlarini tilab qolamiz.