insurez
18-08-2024 17:18

UZUMCHILIK VA BOG‘DORCHILIK RIVOJLANTIRILADI


Mamlakatimizning tarixiga eʼtibor beradigan bo‘lsak, geopalentologik va ampelografik tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, uzumchilik bilan bizning hududimizda 6 ming yil avval ham shug‘ullanishgan.

Misol uchun: Pastdarg‘om tumanining N.Kazimov MMTP hududida jami 529 gektar yer maydoni bo‘lib, shundan 229 gektarini bog‘lar, 842 gektarini uzumzorlar qolgan qismi esa ochiq maydonlarni tashkil etadi.

Ushbu hududda mavjud 68 fermer xo‘jaliklarida tegishli masʼullar tomonidan monitoring olib borilganida bir qator kamchiliklar aniqlangan.

Misol uchun: “Charos agro uzumlari” MCHJ tomonidan 1.5 mlrd so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi to‘lanmagan, bankdan aylanma mablag‘ ko‘rsatilmagan va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida olib borilmayotganligi aniqlandi.

Hududdagi “Qarshiyeva Umida uzumzori” fermer xo‘jaligi soliq qarzdorligi mavjudligiga qaramasdan fermer xo‘jaligi tomonidan keyingi 5 yil mobaynida biror marta ham mahsulot oldi sotdi shartnomasi tuzilmagan, bank hisob raqamida pul mablag‘i aylantirilmagan.

Bundan tashqari, hududdagi fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlash, eksport qilish tashkil etilmagan. Yetishtirilgan mahsulotlarni ham boshqa tuman yoki boshqa viloyatlar olib ketib, eksport qilishgan.

"Charos agro uzumlari" MCHJ agrofirmasida tuman hokimi qishloq xo‘jali masʼullari, fermer xo‘jaliklari raislari va tegishli masʼullar ishtirokida tanqidiy uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida, bog‘larga ishlov berilmayotgani, mahsulotlar markazlashgan holda eksport qilinmayotgani, ishchi o‘rni yaratilmayotganligi hamda bank va soliq idoralari orqali hisobotlar ko‘rsatilmayotganligi aytib o‘tildi.

Uchrashuv so‘ngida, sifatli va eksportbop mahsulotlar yetishtirish, yerning unumdorligini oshirish, bog‘larni o‘g‘itlar bilan taʼminlab, ko‘chatlarga tegishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni oldini olish borasida so‘z yuritildi.

Shuningdek, bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklari o‘zlarini qiziqtirgan bir qator savollariga javoblar olishdi.

Teglar
- -