“USTOZLAR MILLIY FORUMI”
Qo‘shchinor mahallasida Pastarg‘om tumanida faoliyat olib boruvchi o‘qituvchilar uchun “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tdi.
Mazkur forumda, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi masʼullari, barcha umumiy o‘rta taʼlim va kasb-hunar maktablari direktorlari hamda zoom platformasi orqali 128 ta umumiy o‘rta taʼlim hamda 4 ta kasb-hunar maktablarida faoliyat olib boruvchi 5000 nafarga yaqin o‘qituvchi va pedagoglar ishtirok etishdi.
Forum davomida dastlab, tuman hokimi Sherzod Rahmonov 2023-2024-o‘quv yilida taʼlim sohasida erishilgan yutuqlar hamda yangi o‘quv yilida o‘qituvchilar oldida turgan dolzarb vazifalar yuzasidan tahliliy maʼruza bayon qildi.
Shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi fidoyilarini, barcha muallim, murabbiy va ustozlarni ulug‘ ayyom - Mustaqilligimizning 33 yilligi bilan tabrikladi.
Shu kabi faxriy pedagoglar, faol o‘qituvchilar o‘zlarining bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Forumda bir qator yutuqlarga erishgan o‘qituvchi va murabbiylarga “Tashakkurnoma” hamda esdalik sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi.