insurez
30-09-2025 18:13

USTOZLAR - E'ZOZGA LOYIQ!


"1-oktyabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni".

Shu munosabat bilan ayni paytda, Pastdarg‘om tumanida ta'lim sohasi vakillari ishtirokida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Unda tuman hokimi Sh.Rahmonov, viloyat hokimi o‘rinbosari H.To'xtayev hamda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i M.Hamdamov so'zga chiqib, o'z kasbining barcha fidoiylarini samimiy tabrikladi.

Shuningdek, sohaning bir qator namunali o'qituvchi va murabbiylariga tuman rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Tadbir doirasida tuman hokimiga ta'lim sohasini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qo'shayotgan ulkan hissasi uchun minnatdorchilik bildirilib, viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining maxsus sovg'asi topshirildi.

Yangragan sho'x kuy-qo'shiqlar davraga o'zgacha shukuh baxsh etdi.

Teglar
- -