insurez
03-05-2025 18:27

USKUNALAR ISHLAB CHIQARUVCHI YIRIK KORXONA BILAN MUZOKARALARGA KIRISHILDI


Ayni paytda, Eron davlatida rasmiy tashrif bilan bo'lib turgan Pastdarg‘om delegatsiyasining navbatdagi manzili mamlakatdagi eng yirik korxonalardan biri bo'lgan "Kooh boresh bajestan" korxonasi bo'ldi.

Toshlarni maydalash, kesish va turli shakllar berishga mo‘ljallangan uskunalarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi ushbu korxona O‘zbekiston va boshqa davlatlarga yiliga 5 million dollarlik uskunalarni eksport qilib kelayotgan bo‘lib, mahsulotlari sifat, narx va energiya tejamkorligi borasida Germaniya, Turkiya kabi davlatlar uskunalari bilan raqobatdosh bo‘lgani bois, bugun bu yerda ishlab chiqarilayotgan uskunalarga dunyo bo‘ylab talab yuqori.

Tashrif davomida Pastdarg‘omdagi "Elektrota'mir" va "Kooh boresh bajestan" korxonalari o'rtasida o'zaro hamkorlik aloqalari o'rnatilib, tumanimizda ham, ushbu yo'nalishdagi ishlab chiqarish faoliyati yo'lga qo'yiladigan bo'ldi.

Tuman hokimi Sh.Rahmonov boshchiligidagi tumanimiz delegatsiyasi va mazkur korxona rahbari bilan bo'lib o'tgan muzokaralar davomida ushbu xususida kelishuvlar tuzildi.

Maʼlumot uchun, tumanimizda tashkil qilinishi rejalashtirilayotgan ushbu qo‘shma korxonada yiliga 300 donadan ortiq zamonaviy va elektratejamkor tosh maydalash uskunalarini mahalliylashtirish dasturi orqali ishlab chiqarish va butun Markaziy Osiyo hamda qo‘shni davlatlarga eksport qilish ko‘zda tutilgan.

Bu boradagi muzokaralar davom etadi.

Teglar
- -