insurez
14-04-2025 15:26

UCH MAHALLA YOSHLARI BILAN UCHRASHUV


Tuman hokimi Sh.Rahmonov Bog'ishamol, Uchtepa, Chimboy mahallalarida istiqomat qiluvchi o'ziga biriktirilgan "og'ir toifadagi", ishsiz va probatsiya nazoratidagi yoshlar hamda shu hududda yashovchi faol nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda mavjud muammo, kamchiliklari o'rganilishi barobarida, yoshlar taʼlim-tarbiyasiga eʼtiborni kuchaytirish, jinoyatchilikni oldini olish va uning oqibatlari xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, yosh avlod vakillarining bandligini taʼminlash, tomorqadan unumli foydalanish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilib, ularni kasb-hunarga o‘qishtish va har bir ishsiz yoshni sohasi, yo'nalishi hamda salohiyatiga ko'ra bo'sh ish o‘rinlariga yo'naltirish borasida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Bundan tashqari, "Bir nuroniy o'n yoshga mas'ul" tamoyili asosida faol ish olib borish masalasi ilgari surilib, bu borada keksa avlod vakillari bilan hamkorlikda tizimli ishlarni amalga oshirish bo'yicha kelishib olindi.

Teglar
- -