insurez
22-01-2025 09:57

UCH AVLOD UCHRASHUVI


Pastdarg‘om tumani Madaniyat bo‘limi binosida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi masʼul xodimi Erkinjon O`ralov, tuman hokimi o‘rinbosari, tegishli tashkilotlar mutasaddilari, mahallalarda faoliyat yuritayotgan keksalar maslahat guruhi rahbarlari, yosh va o‘rta yosh avlod vakillari ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda aholi o‘rtasida mehr-oqibat va shukronalik hissini tarbiyalashda nuroniy otaxon va onaxonlarning vazifalari to‘g‘risida fikrlar bildirildi.

Shu kabi, yoshlarga yurtimizda yaratilgan keng imkoniyatlardan oqilona foydalanib, o‘qib-izlanish, o‘z qiziqish va salohiyatidan kelib chiqqan holda kasb tanlash lozimligi xususida tavsiyalar berildi.

Shu qatorda, 10 nafardan ortiq 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga ID kartalar va kitoblar topshirildi.

Harbiy orkestr chiqishlari va madaniyat xodimlari tomonidan ijro etilgan diltortar navolar davraga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Tadbir so‘nggida keksa avlod vakillari o‘z hayotiy tajribasiga asosan yoshlarga bir qator tavsiya va tushunchalar berdi.

Teglar
- -