TUMANIMIZDA XALQARO MIQYOSDAGI PRESS-TUR BO‘LIB O‘TDI
Tumanimizda eng qadimgi xalqaro nodavlat tashkilotlardan biri hisoblangan - Xalqaro to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi (ITMF) va tegishli mutasaddilar hamkorligida press-tur tashkil etildi.
Unda, bir guruh xorijiy va mahalliy OAV vakillari paxta dala maydonlari bilan tanishishdi.
Xalqaro ITMF tadbirida dunyoning 15 ta davlatidan 30 ga yaqin jurnalist, bloger, influenser va mashhur fashion jurnallari vakillari ishtirok etishdi.
Soha mutaxassislari press-tur ishtirokchilarini paxta ishlab chiqishdan, to tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonlar bilan tanishtirishdi.