insurez
26-04-2025 10:49

TUMANIMIZ "DUTORCHI QIZLAR"I VILOYAT TANLOVIDA YUQORI O‘RINDA


Maktabgacha  va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktablardagi ansambllar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ilk marotaba tashkil etilgan "Iqtidor maktab ansambli” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Musobaqada tuman shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 16 ta jamoalar o‘zaro bellashishdi.

Bellashuv natijalariga ko‘ra, Pastdarg‘om tumani 80-umumtaʼlim maktabining "Dutorchi qizlar" ansambli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining faxriy yorliqlari hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Teglar
- -