insurez
07-09-2024 14:29

TUMANDA AVTOBUS QISMLARI ISHLAB CHIQARILMOQDA


Kuni kecha, davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish, eksport va investitsiyalarni ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarga asosan tumanimizdagi sanoat korxonalari faoliyati keng miqyosda o‘rganilmoqda.

Jumladan, bugun tuman hokimi tegishli o‘rinbosar va mutasaddilar hamrohligida Balhiyon mahallasida yaqinda ish boshlagan va sinov tariqasida faoliyat yuritib kelayotgan "LOGIS AUTOMOTIVE AND ENGINEERING” MCHJ xorijiy korxonasida bo‘lib, uning faoliyati hamda ishchi xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Turkiyalik investorlar bilan hamkorlikda tashkil etilib, yaqinda faoliyat boshlagan ushbu korxona avtobuslar uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, yiliga 1000 dona konditsioner, 800 dona ikki xil modeldagi avtobuslarning karkaslari, 25 ming dona o‘rindiqlar, 600 juft eshiklar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Hozirda korxonada  20 nafar aholi doimiy ish bilan taʼminlangan.

Shu qatorda, tashrif davomida korxona faoliyatini yaqin orada butkul kengaytirish, yangi yer maydonlarida zamonaviy bino va inshootlarni qurish, ulkan marralarni ko‘zlash lozimligi kelishilib, bu borada tuman masʼullari tomonidan qonun doirasidagi barcha ko‘maklar ko‘rsatilishi taʼkidlandi.

Teglar
- -