TUMAN AHOLISI UCHUN SAYYOR QABUL
Maʼlumki, Pastdarg‘om tumanida aholi turmush tarzini yana-da yaxshilash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va ularga yechim topish maqsadida muntazam ravishda sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Ayni paytda, Beshbola mahallasidagi 70-maktabda o‘tkazilayotgan navbatdagi sayyor qabulda tuman hokimi Sh.Rahmonov, prokuror hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etmoqda.
Hozirga qadar fuqarolar tomonidan kadastr, bandlik, elektr, kredit, soliq kabi 50 dan ortiq turli murojaatlar kelib tushdi.
Aksariyat masalalarga joyida yechim topilgan bo‘lsa, muddat talab etiladiganlari ijrosini taʼminlash maqsadida tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi.
Hurmatli fuqarolar! Sayyor qabulda ishtirok etib, o‘zingizni qiynayotgan muammo va takliflaringizni bildiring.
Qabulga tashrif buyurish imkoniyati bo‘lmagan fuqarolar tuman hokimining xizmat telefon raqamiga telegram orqali murojaat yo‘llashlari mumkin.
998950271071




