"TOZALIK VA OZODALIK" OYLIGI DOIRASIDA ISHLAR QIZG‘IN
Xabaringiz bor, ayni kunlarda mamlakatimizda “Tozalik va ozodalik oyligi" eʼlon qilingan bo‘lib, Pastdarg‘om tumanida bu borada olib borilayotgan ishlar ayni kunlarda avj pallaga yetgan.
Xususan, xonadonlarning ichki va tashqi qismlarida, qabristonlarda, ko‘chalarda, mahalla guzarlarida va boshqa hududlarda tashkil etilgan hashar ishlari jadal suratda olib borilmoqda.
Jumladan, Juma shahri hududida ham ko‘p qavatli uylar va tadbirkorlik inshootlari atrofi tartibga keltirilyapti. Shuningdek, ichki suv tarmoqlari va ko‘chalarni tozalash, chiqindilar bartaraf etish barobarida, daraxtlar hamda gulzorlarga ishlov berilib, obod holatga keltirilyapti.
Bu kabi ishlar tumanimiz bo‘ylab barcha hududlarda davom etadi va bu bo‘yicha maʼlumot berib boramiz.
Barcha fuqarolardan bo‘lib o‘tayotgan xayrli ishlarga befarq bo‘lmagan holda, faol ishtirok etishlarini so‘rab qolamiz!




