TOPSHIRIQLAR IJROSI NAZORATDA
#Jarayon
✅Xabaringiz bor o‘tgan haftada tuman hokimi sektor rahbarlari hamda tegishli mas'ullar hamrohligida "Pastdarg‘om meva-sabzavot " MCHJ hamda buyum bozorlaridagi savdo rastalari holati, joylashuvi, issiq kunlarda xaridorlar va sotuvchilarga yaratilgan qulayliklar, bu yerdagi tartib intizom, savdo xodimlarining noqonuniy qurilmalar qurilishini oldini olish kabi holatlari bo‘yicha o‘rganish olib borgan edi.
✅Bugun, erta tongdan tuman hokimi sektor rahbarlari va tegishli tashkilotlar mas'ullari hamrohligida berilgan topshiriqlar ijrosini ko‘zdan kechirmoqda.
✅Ayni paytda, bozor hududidagi noqonuniy qurilishlar bartaraf etilmoqda. Shu kabi, ta'mirlash ishlari bajarilyapti va bu ishlar bozor hududi to‘liq tartibga kelguniga qadar davom etadi.
📣Hurmatli tadbirkorlar!
⚠️"Qayerga borsang, dastavval bozoriga boq" degan naql bejizga aytilmagan. Barcha tadbirkorlar hamda fuqarolardan mas'ullarga xayrixoh bo‘lishlarini so‘rab qolamiz.