TAYINLOV
Saparova Nodira Xoliqulovna – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri buyrug‘i bilan Pastdarg‘om tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi boshlig‘i etib ochiq tanlov asosida tayinlandi.
Hozirga qadar u, Pastdarg‘om tumani Madaniyat bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Tumandagi maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari direktorlari hamda masʼullari bilan aprel oyida navbatdagi o‘tkazilayotgan uchrashuvda ishtirokchilarga ushbu kadr to‘g‘risidagi vazirning tegishli buyrug‘ini tuman hokimi, viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i tanishtirdi.