insurez
04-09-2024 14:17

TA'LIMGA TIKILGAN SARMOYA — ENG YAXSHI INVESTITSIYA


Bugun, davlat ta'lim maskanlari qatori xususiy maktablarda ham "Bilimlar kuni" munosabati bilan tadbirlar bo'lib o'tmoqda.

"Ziyo yog‘dusi" xususiy maktabida o'tkazilgan tadbirda tuman hokimi Sherzod Rahmonov ishtirok etib, ta'lim sohasi vakillarini, o'quvchilar va ularning ota-onalarini yangi o'quv yilining boshlanishi bilan tabrikladi.

Shu qatorda, kelajak avlodni har tomonlama yetuk insonlar bo‘lib yetishishlarida ota-onalar ham o'qituvchilar bilan hamkorlikda, hamjihatlikda harakat ishlashlari lozimligini ta'kidlab o‘tdi.

Shuningdek, bolajonlar ta'lim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda qulayliklar bilan tanishdi.

Teglar
- -