insurez
03-11-2025 13:59

TAʼLIM-TARBIYA TIZIMI - MAMLAKAT TAYANCHI


Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova Pastdarg‘om tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida dastlab, tuman hokimi Sh.Rahmonov hamda viloyat va tuman masʼullari hamrohligida Shombuloq mahallasida joylashgan 39-maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotida bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, oziq-ovqat mahsulotlari sifati, xonalarning sanitariya holati yuzasidan o‘rganish olib bordi.

Shuningdek, ushbu mahallada istiqomat qiluvchi B.Quddusov xonadonida bo‘lib, ushbu oila xolidan xabar oldi. Ular bilan samimiy suhbatlashib, muammo va takliflari hamda kelgusi rejalari bilan qiziqdi.

Navbatdagi manzil Joul Qosim mahallasida joylashgan 3-umumiy o‘rta taʼlim maktabi bo‘ldi. Bunda, mazkur taʼlim maskanining holati, o‘quv jarayoni, taʼlim sifati, o‘qituvchilarning ilmiy toifasi va kasbiy mahorati, issiqlik tizimi, obodonchiligi bilan tanishildi.

Shu kabi, taʼlim-tarbiya sohasini yana-da takomillashtirish, mazkur masalaga eʼtiborni yana-da kuchaytirish lozimligi taʼkidlanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan vazifa va maqsadlar belgilab olindi.

Teglar
- -