insurez
21-04-2025 16:56

TAʼLIM DARGOHLARIDA SPORT MUSOBAQALARI


Pastdarg‘om tumanida yoshlarni sportga jalb qilish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini tashkil etish, iqtidorli yoshlarni saralab olish va shunga ko‘ra to‘g‘ri sport turlariga yo‘naltirish maqsadida muntazam ravishda sport tadbirlari, turnirlar hamda musobaqalar o‘tkazib boriladi.

Bu kabi tadbirlar tumanimizdagi 4-son politexnikumida ham tashkil etilmoqda.

Bunda o‘quvchilar voleybol, basketbol, stol tennisi va yugurish kabi sport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashishmoqda.

Murosasiz vaziyatlar va hayajonli lahzalarga boy tarzda o‘tkazilayotgan bu singari musobaqalar yosh avlod vakillarida sportga bo‘lgan mehr tuyg‘sini yana-da rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarziga jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Teglar
- -