insurez
24-01-2025 10:16

SZIGUN SHAHRINING YIRIK KOMPANIYALARI HAM TUMANIMIZGA TASHRIF BUYURADI


Szigun shahriga tashrif davomida tuman hokimi boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari “Szigun sanoat ishlab chiqarish parkida” bo‘lib, bir qator yirik ishlab chiqarish va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi:

Jumladan,

- elektrotexnika vositalarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Sichuan Wanda Electric” Co., Ltd,

- temir yo‘llar, germetik eshiklar, yangi turdagi qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi “ZGCMC” Co., Ltd,

- chiqindilarni utilizatsiya qilish hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi Xitoydagi eng yirik “China Western Power Industrial” Co., Ltd, 

- bug‘ va issiqlikdan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi “Sichuan CRUN” Co., Ltdlarida bo‘lib hamkorlik muzokaralarini olib bordi.

Muzokaralar davomida Pastdarg‘om tumanida hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish taklifi ilgari surildi.

Mazkur taklif xitoylik kompaniyalar rahbarlariga manzur bo‘ldi va investorlar joriy yilning mart oyida Pastdarg‘omga tashrif buyurish istagini bildirishdi.

Teglar
- -