insurez
19-04-2025 16:43

SUV XO‘JALIGI SOHASI MASʼULLARINING FAOLIYATI QONIQARLI(MI?)


Tuman hokimi Sh.Rahmonov tuman prokurori va tegishli o‘rinbosar hamrohligida "Suv yetkazib berish xizmati" DM, Meliorativ ekspeditsiya, Suv nazorati inspeksiyasi, Energetika va nasos stansiyalari tuman bo‘limi xodimlari hamda suv xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan boshqa masʼullar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda suvning ortiqcha isrofgarchiligini oldini olish, to‘g‘ri taqsimlay bilish, drenaj-tarmoqlarining bugungi holati, fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda aholi tomorqalarini o‘z vaqtida yetarlicha suv resursi bilan taʼminlash, shuningdek, suv tejamkorligi borasida olib borilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

Shu kabi, korrupsiya holatlarini oldini olish borasida tushuntirish ishlari olib borilib, barchadan o‘z xizmat vazifasiga masʼuliyat bilan yondashishlari so‘raldi.

Sohadagi muammo, kamchiliklar tahlil etilib, ularni bartaraf qilish bo‘yicha ko‘rsatma, topshiriqlar berildi va bu borada aniq muddatlar belgilandi.

Teglar
- -