SUV - OLIY NEʼMAT
PQ 330-sonli qarorga muvofiq Pastdarg‘om tumanidagi 8 ta mahallalarda jami 12 milliard 969 million so‘m mablag‘ evaziga qariyb 14 kilometr uzunlikdagi ichki suv tarmoqlarini betonlashtirish, 6 kilometrdan ortiq masofaga beton ariqlar yotqizish, 15 ta artizan quduqlar qazish va 4 dona suv haydash nasoslarini o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lib, ularning aksariyatida ishlar yakunlangan.
Ammo, ular orasida ushbu loyihalar bo'yicha talab darajasida ish olib borilmayotgan va o'ziga xos kamchiliklarga yo'l qoyilayotgan jarayonlar ham yo‘q emas.
Tuman hokimi va tuman prokurori dastavval, Shombuloq, Yangiobod, Paxtachi, Bog‘ishamol, Oshiq ota, Elbek, Uchtepa va Jaul Qosim mahallalarida qurilish ishlarini olib borayotgan "Grand meʼmor quruvchi servis" MCHJ, "Davr kompleks qurilish" MCHJ, "Bek beton" MCHJ, "Minor agro qurilish" MCHJ va "Mashʼal trans" MCHJlar rahbarlari hamda masʼullari tomonidan bajarilayotgan ishlar bilan tanishib, so'ngra, bu bo'yicha tanqidiy-tahliliy muhokama o‘tkazdi.
Unda, qurilish ishlarini risoladagidek, qurilish meʼyorlari va boshqa talablarga mos olib borish, o‘z vaqtida sifatli holatda yakunlash borasida tavsiya ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, loyihani amalga oshirish ishlarida belgilangan muddatdan ortda qolayotgan quruvchilar yana bir bor ogohlantirildi va ushbu mahalla masʼullaridan ham, mazkur bunyodkorlik ishlariga yanada masʼuliyat bilan yondashishlari so‘raldi.