insurez
21-01-2025 09:48

SUV KELTIRGAN ELDA AZIZ


Pastdarg'om tumanida Istiqbol mahallasining ahil aholisi birlashib, mahalla hududida 1 kilometrdan ortiq masofaga ichimlik suv tarmog‘i tortayotgani, buning natijasida, 60 ta xonadon ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlangani xususida xabar qilgan edik.

Bugun, bu mahallaning inoq fuqarolari hamjihatlikda mahalla hududida yana 1 kilometr 600 metr masofadagi toza ichimlik suvi tarmog‘ini tortish bilan band.

1970-yil olib kelingan bu tarmoq hozirda ancha eskirib qolgani bois, yaroqsiz holatga kelib qolgan edi. Hozirda, uning quvurlari yangilanib aholi foydalanishi uchun shay holatga keltirilmoqda.

Buning natijasida 80 ga yaqin aholi xonadonlari yana toza ichimlik suvidan bahramand bo‘lishadi.

Xuddi shunday Ilm mahallasida ham hashar yo‘li orqali 500 metrdan ortiq masofadagi ichimlik suvi tarmog‘i tortilmoqda.

Mazkur ishlar yakunlanishi bilan 20 dan ortiq xonadonlarga ilk bor toza ichimlik suvi tarmog‘i yetib boradi.

Teglar
- -