SPORT MURABBIYLARI 2000 TUP KO‘CHAT EKISHDI
Pastdarg‘om tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasi asosida ko‘chat ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Jumladan, tumandagi sport maktablarining ko‘ngilli xodimlari ham, Olmazor mahallasida joylashgan TIP-2 sport majmuasi atrofida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirini amalga oshirishdi.
Tadbir davomida umumiy 70 sotix maydonga qariyb 2000 tup manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Mazkur tashabbus hududning ekologik barqarorligini oshirish, sportchilar va mahalla aholisi uchun sog‘lom va toza muhit yaratish, yashil hududlar maydonini kengaytirish maqsadida tashkil etildi.
Hurmatli fuqarolar, siz ham bu kabi ezgu ishlarga hissa qo‘shib, ko‘chat ekish tadbirlarida faol bo‘ling!




