Sovuq kunlarda uzluksiz nazorat: Pastdarg‘om tumanida navbatchilik shtabi faol
Maʼlumki, Pastdarg‘om tumanida qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha uzluksiz navbatchilik shtabi tashkil etilgan bo‘lib, shtab aʼzolari hamda masʼullar hududlarda yuzaga kelayotgan nosozliklarni bartaraf etish va o‘z vaqtida oldini olish borasida ish olib bormoqda.
Yo‘llarni qordan tozalab, muzga aylanishining oldini olish, elektr tarmoqlaridagi nosozliklarni bartaraf etish, ko‘mir, gaz taʼminoti va boshqa masalalar shular jumlasidan.
Erta tongdan tuman hokimi Sh.Rahmonov, DXX tuman rahbariyati, masʼul tashkilot hamda korxonalar mutasaddilari hamrohligida shtab faoliyatini ko‘zdan kechirib, sovuq kunlarda va yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarni oldini olish, sergaklikni yana-da oshirish, nosozliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, tezkor choralar ko‘rish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.
Maʼlumot uchun, shtabning asosiy vazifasi – qish mavsumida vujudga kelgan muammo va nosozliklar yuzasidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.
Siz ham bu boradagi masalalar yuzasidan shtabning xizmat raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.
Pastdarg‘om tumani markaziy Shtabi:
+998-66-465-12-14




