SOLIQDAN BO‘YIN TOVLAB BO‘LMAYDI
Soliqlar davlat byudjeti daromadlarining asosiy manbai va davlat iqtisodiy siyosati vositalaridan biri hisoblanadi.
Ammo, mavjud qarzdorliklarni o‘z vaqtida so‘ndirmayotgan fermerlar ham yo‘q emas.
Pastdarg’om tumani hokimi Olti qahramon mahallasi hududida davlat soliq inspeksiyasi rahbari, qishloq xo‘jaligi sohasi masʼullari, MMTP raislari bilan birgalikda soliqdan qarzi bo‘lgan, tumandagi paxta-g‘alladan tashqari bo‘lgan chorvachilik va baliqchilik, bog‘ hamda sabzavotchilik fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda soliqdan qarzdorligi bor, to‘lov muddatini kechiktirayotgan fermer xo‘jaliklari faoliyati tanqid ostiga olindi.
Shuningdek, bir qator fermer xo‘jaliklari shu yerning o‘zida tashabbus ko’rsatib, Xalq banki tomonidan tashkil etilgan sayyor kassaga mavjud qarzdorliklarini to‘lashdi.
Aksariyat fermer xo‘jaliklariga qarzdorliklarni so‘ndirish bo‘yicha muddatlar belgilandi.