insurez
30-01-2026 17:02

SIZ EKOLOGIYAGA OID QONUNLARNI BILASIZMI?


Jamiyatda yoshlarning ekologiyaga oid huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, qonun buzilishiga murosasizlik hissini uyg‘otish maqsadida, Pastdarg‘om tumanida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” nomli ko‘rik-tanlovning tuman bosqichi o'tkazildi.

Tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo'limi hamda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tanlovda ishtirokchilar 4 ta shart bo'yicha o'zaro bellashdi.

Jumladan musobaqada yoshlar ekologiyani asrashga doir taqdimotlar, bu borada yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy, siyosiy-huquqiy testlar, ekomadaniyatni targ'ib qiluvchi sahna ko'rinishlari bilan ishtirok etdi.

Tanlov g'oliblari tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi va musobaqaning keyingi bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Teglar
- -