insurez
10-03-2025 16:55

SHOMBULOQ OBOD VA FAROVON HUDUDGA AYLANISHI LOZIM


Tuman hokimi Sh.Rahmonov Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i M.Hamdamov hamrohligida tumanimizdagi bir qator mahallalarda aholi kayfiyati, yashash sharoitlari, taʼlim dargohlari holati, o‘quv jarayoni va "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi asosida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Jumladan, Shombuloq mahallasida mahalla yettiligi, ko‘chaboshilar, nuroniylar va 300 dan ortiq xonadon egalari ishtirokida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, tomorqadan unumli foydalanish, ko‘chatlar o‘tqazish, xonadonlarni obod etish, ichki suv tarmoqlarini qazish, betonlashtirish, soliq va kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash, jinoyatchilikni oldini olish kabi muhim masalalar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

Shuningdek, ushbu mahalladagi 38-umumiy o‘rta taʼlim maktabida bo‘lib, taʼlim sifatini oshirish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini yuksaltirish, milliy hamda xalqaro sertifikatlar olish kabi masalalar xususida tavsiya, ko‘rsatmalar berildi.

O‘rganish davomida mahalla yettiligi, tegishli mutasaddilar va faol fuqarolarga o‘z yashash hududimizni yanada obod go‘shaga aylantirish hamda fuqarolar farovonligi uchun barcha birdek harakat qilishi lozimligi taʼkidlandi.

Teglar
- -