insurez
24-04-2025 17:40

"SHIJOAT VA G‘AYRAT" HARBIY-SPORT O‘YINLARI BO‘LIB O‘TDI


Pastdarg‘om tumanida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni jismonan chiniqtirish va harbiy tayyorgarligini oshirish maqsadida “Shijoat va G‘ayrat” harbiy-sport o‘yinlarining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tumandagi iqtidorli va faol yoshlari ishtirok etib, harbiy saf harakatlari, jismoniy tayyorgarlik, bilim va zakovat bo‘yicha o‘zaro bellashishdi.

Musobaqa davomida yoshlar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy ishlash ko‘nikmalari va yuksak vatanparvarlik tuyg‘ularini namoyon etishdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra:

1-o‘rinni Bog‘onali mahallasi jamoasi

2-o‘rinni Turkman mahallasi jamoasi

3-o‘rinni To‘qboy mahallasi jamoasi qo‘lga kiritdi.

Teglar
- -