insurez
05-08-2024 11:52

SEMINAR


Bugungi kunda ipakchilik sohasi butun dunyo miqyosida rivojlanmoqda. Ushbu sohani yana-da rivojlantirish maqsadida davlatimiz tomonidan qator islohotlar o‘tkazilyapti.

Bugun, Pastdarg‘om tuman hokimligi majlislar zalida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan Bosh vazir o‘rinbosarining topshiriq xatiga asosan Ipakchilik sohasida xotin-qizlarning bandligini taʼminlashga ko‘maklashish maqsadida seminar tashkil qilindi.

Seminarda pillakorlar, lider agronom ayollar va ipak qurtini boqish istagida bo‘lgan xotin-qizlarning  malakasini oshirish, ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblarni olishdi va o‘ z mulohazalarini bildirishdi.

Teglar
- -