insurez
15-01-2025 15:29

SEKTOR RAHBARINING BIR ISH KUNIDAN...


Kuni kecha, tuman prokurori J.Yuldashev 2-sektor hududidagi mahallalarda bo'lib, aholi muammolari va hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bo‘yicha o'rganish olib bordi.

Dastlab, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Mardonova hamrohligida Turon mahallasi aholisi uchun sayyor qabul o'tkazildi.

Qabul davomida, fuqarolar tomonidan tibbiyot, gaz, kadastr, subsidiya, kredit bo'yicha murojaatlar kelib tushdi va barcha masalalar tegishli tartibda ro'yxatga olinib ijrosini ta'minlash maqsadida mutasaddilarga yo'naltirildi.

So'ngra, M.Ulug'bek MFYning yangi qurilayotgan ma'muriy binosi va Jag‘alboyli mahallasi binosida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari ko'zdan kechirildi.

Shu kabi o'rganishlar 4-son Kasb-hunar maktabida davom etdi.
Bunda, dars jarayonlari bilan tanishilib, ta'lim sifatini oshirish hamda pedagoglar mahoratini yuksaltirish borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar xususida kelishib olindi.

Shu qatorda, aholi bandligini ta'minlash,  kasb-hunarga jalb qilish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda bunday ta'lim dargohlari muhim o‘rin tutishi taʼkidlandi.

Teglar
- -