SAVOBDAN BEBAHRA QOLMANG
Tumanimiz bo‘ylab keng miqyosda qabristonlarni obodonlashtirish bo‘yicha hasharlar tashkil qilinmoqda.
Mazkur ezgu ishlarda mahalliy aholi hamjihat bo‘lib, ota-bobolari mangu qo‘nim topgan joylarni obod qilishyapti. Qabristonlarga olib boruvchi yo‘llar taʼmirlanib, ko‘kalamzorlashtirilyapti.
Jumladan, Kamolot mahallasi hududidagi Myankof qabristonida ham, "Yashil makon" umummilliy loyihasi asosida 100 tupdan ortiq archa ko‘chatlari o‘tqazildi.
Hurmatli tumandoshlar! Bu kabi muqaddas dargohlarni obod qilish barchamizning burchimiz sanaladi. Shunday ekan siz ham bunday ezgu ishlarga hissa qo‘shing.