insurez
22-04-2025 17:03

“SAMPLASTSERVIS” MCHJNING ELEKTR MUAMMOSI YECHILDI(MI?)


Bir muddat avval o‘tkazilgan tadbirkorlar qabulida “Samplastservis” MCHJ korxonasi masʼullari o‘zlari va yon-atrofidagi "LOGIC AUTOMOTIVE AND ENGINEERING” MCHJ, “Uzcase service” MCHJ kabi 10 dan ortiq korxonalarda elektr taʼminoti bo‘yicha muammolar yuzaga kelgani, shuningdek, tuman Elektr tarmoqlari korxonasi hamda tuman Energiya savdo bo‘limi xodimlarining xatti-harakatlaridan norozi ekanliklari borasida murojaat qilgan va ushbu murojaat yuzasidan tegishli masʼullarga ko‘rsatma, topshiriqlar berilgan edi.
Bugun tuman hokimi Sh.Rahmonov tegishli o‘rinbosarlari, tuman Elektr tarmoqlari korxonasi hamda tuman Energiya savdo bo‘limi rahbarlari hamrohligida ushbu topshiriq ijrosini ko‘zdan kechirish maqsadida, mazkur korxonalarda bo‘lib o‘rganish olib bordi.

Tadbirkorlik subyektlari rahbarlari va masʼullari ham bevosita ishtirok etgan o‘rganishlarda, tuman Elektr tarmoqlari korxonasi hamda tuman Energiya savdo bo‘limi xodimlarining 35 kun davomidagi eʼtiborsizligi, loqaydligi tufayli, korxonalardagi elektr energiya masalasi ortga surilib kelinayotganligi, natijada korxonalarda ishlab chiqarish va boshqa bir qator masalalarda muammolar yuzaga kelganligi maʼlum bo‘ldi.

Murojaat ijrosi ijobiy yechim topdi. Biroq, holat yuzasidan o‘z xizmat vazifasiga masʼuliyat bilan yondoshmagan, murojaatlarga sovuqqonlik bilan qarab loqaydlikka yo‘l qo‘ygan masʼullarga, tadbirkorlik subyektlariga sunʼiy noqulayliklar yaratganligi tufayli tegishli intizomiy javobgarliklar belgilandi.

Shu o‘rinda barcha tadbirkorlarga eslatib o‘tmoqchimizki, sizlar, o‘z faoliyatingizga oid muammolar yuzaga kelganda, tuman hokimi tomonidan muntazam o‘tkazib boriladigan tadbirkorlar qabullariga tashrif buyurishingiz (masʼul, Q.Siddiqov +99891 541-00-41) va muammo-takliflaringizni bildirishingiz mumkin.

Teglar
- -