SAMARQAND SHAHRIGA SAYOHAT
Qadimiy shahar, tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish – xayolan o‘tmishga qaytib, o‘sha davr nafasini his etish demakdir.
Tuman hokimligi tomonidan ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Juma shahridagi umumiy uylarda yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj bir guruh xotin-qizlar uchun Ko‘hna Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi.
Sayohatchilar Samarqandning muqaddas qadamjolari va mustaqillik yillarida barpo etilgan zamonaviy majmualarni ziyorat qildilar.
Erta tongda Go‘ri Amir obidasini ziyorat qilayotgan sayohatchilarimiz safarda tasodifan uchratib qolishgan tuman hokimiga minnatdorchilik bildirishdi.