insurez
20-01-2026 14:20

RAHBAR VA YОSHLAR UCHRASHUVI


Tuman prokuratura rahbariyati o‘zlariga biriktirilgan “Og‘ir toifa”dagi va probatsya hisobida turgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini taʼminlash masalalari doimiy eʼtibor markazida ekanligi taʼkidlanib, ular bilan ochiq va samimiy muloqot olib borildi.

Tadbir davomida yoshlar tomonidan kasbga yo‘naltirish va bandlikni taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ko‘maklashish, o‘quv kurslari hamda malaka oshirish imkoniyatlarini kengaytirish, sport, madaniyat, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish kabi masalalar yuzasidan tashabbus, takliflar bildirildi.

Shuningdek, uchrashuvning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika ishlarini kuchaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Mutasaddilar tomonidan huquqbuzarliklarning sabablari va oqibatlari haqida hayotiy misollar asosida tushuntirishlar berildi.

Teglar
- -