QURILISH VA KOMMUNAL SOHALAR O‘RGANILDI
Tuman hokimi o‘rinbosari Sh.Doniyarov tumanimizda qurilish va kommunal sohalarda olib borilayotgan ishlar bo‘yicha joylarda o‘rganish olib bordi.
Jumladan, “Pastdarg‘omtumangaz” gaz taʼminoti bo‘limida bo‘lib, suyultirilgan va tabiiy gaz taʼminotini yana-da yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish barobarida, tadbirkorlik subyektlariga tejamkor gaz yoqish moslamalarini o‘rnatish orqali tabiiy gaz sarfini iqtisod qilish yuzasidan bajarilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, hududlar bo‘ylab auksion savdolariga chiqarilishi rejalashtirilayotgan yer maydonlari ko‘zdan kechirildi.
Jumladan, Gulobod mahallasidagi "Yoshlar sanoat zonasi"da joylashgan yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish borasida yuzaga kelayotgan muammolar o‘rganilib, ushbu hududda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.