insurez
15-01-2025 15:34

QURILISH SOHASI MASʼULLARINING CHORAKLIK VAZIFALARI BELGILANDI


Avvalroq, tuman hokimi Sh.Rahmonov ijtimoiy, iqtisodiy, qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari hamda ularga doir korxona-tashkilotlar bilan birma-bir uchrashuvlar o‘tkazgani xususida xabar qilgan edik.

Xuddi shunday uchrashuv bu gal qurilish sohasi vakillari hamda shu sohaga oid mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘tkazildi.

Uchrashuvda, har bir tashkilotning o‘tgan yildagi asosiy ko‘rsatgichlari tahlil qilindi. Shu kabi, tegishli mutasaddilar tuman rahbariga 2025-yilning dastlabki choragidagi aniq rejalari, oldiga qo‘ygan maqsadlari va yanvar oyining oxirigacha bo'lgan muddatda bajarishni reja qilgan vazifalari xususida so‘z yuritib, taqdimot o'tkazdi.

Barcha hisobotlar tinglanib masʼullarga marrani kattaroq olish va rejalarni yana-da takomillashtirish xususida takliflar berildi.

Shuningdek, tumanimizning har tomonlama rivojlanishi hamda aholi turmush tarzini yana-da yaxshilash uchun birdamlikda harakat qilish lozimligi taʼkidlanib, barcha mutasaddilardan o‘z xizmat vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish so‘raldi.

Teglar
- -