QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI DOLZARB MASALALAR BO‘YICHA UCHRASHUV
"Kamalak tekstil invest" klasteriga qarashli paxta qabul qilish va saqlash maskanida tuman hokimi Sh.Rahmonov, prokuror, IIB boshlig‘i, tegishli o‘rinbosar, tijorat banklari masʼullari, MMTP raislari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda, qishloq xo‘jaligi mavsumini risoladagidek betalofat o‘tkazish, paxta qabul qilish punktida qonuniy ish faoliyatini tashkil etish, paxta hosilini nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish va bu borada yuqori marralarni zabt etish, yong‘in va texnika xavfsizligi talablariga rioya qilish masalalari xususida so‘z yuritildi.
Shuningdek, ekin maydonlarini g‘alla ekishga tayyorlash, uning parvarishida o‘g‘itlash va agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Bundan tashqari, fermer xo‘jaliklarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fikr yuritilib, yuqorida taʼkidlangan masalalar yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar borasidagi aniq vazifa va muddatlar belgilab olindi.




