insurez
14-08-2024 17:02

QISHLOQ XO'JALIGI


Tumanda chorshanba – qishloq xo‘jalik sohasi faoliyatini o‘rganish kuni etib belgilangan.

Tuman hokimi tegishli masʼullar hamrohligida tumanimizda mavjud fermer xo‘jaliklarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib bormoqda.

O‘rganish davomida g‘o‘za parvarishiga doir agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida kechiktirmasdan o‘tkazish hamda vaqtida o‘g‘itlash, dala madaniyati borasida bir qator tavsiyalar berilmoqda.

Shuningdek, chorvachilik va baliqchilik fermer xo‘jaliklarida eksportbop mahsulotlarni yetishtirish, sohani yana-da rivojlantirish borasida ko‘rsatmalar berilyapti.

Bugun, kun davomida chorvachilik, baliqchilik, paxtachilik fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib boriladi.

Teglar
- -