insurez
13-10-2025 19:05

"QISHLOQ AYOLLARI KUNI"


Ayolga qancha ta'rif bersak ham oz. Bugun u dalada, ijtimoiy-iqtisodiy sohada, xullas jamiyat rivoji yo'lidagi har qanday tizimda xotin-qizlar mehnati ko'zga tashlanmoqda.

15-oktabr - "Qishloq ayollari kuni" munosabati bilan "Elbek TRJ" MCHJga qarashli pillani qayta ishlash korxonasida katta tadbir tashkil etildi.

Tuman hokimi o'rinbosari N.Qorayeva ushbu fayzli davrada ishtirok etib barcha xotin-qizlarni "Qishloq ayollari kuni" munosabati bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir davomida yangragan kuy-qo'shiqlar tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat baxsh etdi.

Teglar
- -