QALAMKASH VA KITOBXONLARGA E’TIBOR
"Pastdarg‘om haqiqati" gazetasi 1931 yil 5 apreldan bosib chiqarila boshlangan.
Bugunga qadar ushbu dargohda bir qator fidoiy va jonkuyar jurnalistlar ijod qilib kelishmoqda.
Pastdarg‘om tuman hokimi Sherzod Rahmonov xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining “Pastdarg‘om haqiqati” gazetasi tahririyatida bo‘ldi.
Dastlab, tahririyat binosi bilan yaqindan tanishdi. So‘ng ijodiy jamoaning mehnat sharoiti, xodimlarning muammolarini o‘rgandi.
Xodimlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida hokim 1931 yildan buyon chop etilib kelayotgan gazetaning o‘rni, bugungi mavqei xususida so‘z yuritdi.
Uchrashuvda ijod ahlining erishgan yutuqlari, kelgusi rejalari ham tinglandi.
Shu kabi, tuman markazida joylashgan Axborot kutubxonasi faoliyati bilan ham tanishildi.
O‘rganish davomida kutubxonadagi muammolar, kitoblar va obunachilar soni, ularga yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.