insurez
21-10-2025 17:46

QADRING KO‘KKA YETSIN -ONA TILIM


Maʼlumki, milliy til har bir madaniy xalqning tarixi va o‘zligini, ruhiy-maʼnaviy dunyosini o‘zida aks ettiradigan tengsiz boylikdir.

Bugun, 21-oktyabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil bo‘ldi.

Yurtimizning barcha hududlari qatori tumanimizda ham milliy tilimizning qadri, nufuzi va mavqei yana-da yuksalgan kun munosabati bilan turli tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Madaniyat markazida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shoiri ostida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari N.Qorayeva, davlat tili bo‘yicha maslahatchisi O.Norimova ishtirok etib, barchani ushbu kun bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir davomida namoyish qilingan ona tilimizning qadr-qimmatini madh etuvchi turli chiqishlar, qiziqarli o‘yinlar va konsert dasturlari barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Shuningdek, tuman hokimligi tashabbusi bilan 21-oktabr – “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan “Ona tilim – jonu dilim” shiori ostida o‘tkazilgan videoroliklar tanlovida faol ishtiroki uchun 8-umumta‘lim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi G.Yuldasheva hamda 85-son umumta‘lim maktabi jamoasiga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, tadbir doirasida "Kitoblar yarmarkasi" ham tashkil etildi.

O‘zbek tilining boyligi, kuch-qudrati va qadr-qimmati yana-da ziyoda bo‘lishini tilagan holda, barchangizga ushbu ulug‘ kun muborak bo‘lsin deb qolamiz!

Teglar
- -