insurez
01-08-2024 09:02

PROKUROR VA MIGRANT YОSHLAR O‘RTASIDA ONLAYN SUHBAT


PROKUROR VA MIGRANT YОSHLAR O‘RTASIDA ONLAYN SUHBAT

Pastdarg‘om tuman prokurori, 2-sektor rahbari J.A.Yuldashev bilan suhbatda 2-sektor hududidagi xorijda ishlayotgan va taʼlim olayotgan migrant yoshlar ishtirok etdilar.

Sektor rahbari har bir ishtirokchidan avvalo, ularning yashash sharoiti, qanday mehnat turi bilan shug‘ullanayotgani, muammolari haqida so‘rab surishtirdi.

Onlayn chatda asosan tadbirkorlik faoliyati, qishloq xo‘jaligi bandlik va boshqa masalalar haqida so‘z bordi.

Muloqot davomida hozirgi kunda xorijda ishsiz bo‘lgan yoshlarga davlatimizda olib borilayotgan yoshlar siyosatiga oid qonunlar yuzasidan tushunchalar berilib mavjud imkoniyatlardan keng foydalangan holda ko‘mak berilishi tushuntirildi.

Uchrashuv yakunida masʼullar tomonidan migrant yoshlar uchun alohida telegram guruh tashkil etildi va ushbu guruh orqali ular bilan doimiy ravishda uchrashuvlar belgilab borish yuzasidan kelishib olindi.

Teglar
- -