PROKURATURA XODIMLARI KUNI NISHONLANDI
O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 19-dekabrdagi Qonuni bilan 8-yanvar O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni etib belgilangan.
Mazkur bayram munosabati bilan tuman hokimi, sektor rahbarlari, nuroniylar va tuman prokuraturasi xodimlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda, tuman hokimi Sh.Rahmonov prokuratura xodimlarini kasb bayrami hamda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy tabrikladi.
Shu kabi, xizmat vazifalarini vijdonan bajarib, qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarni oldini olish va profilaktika qilishga, shuningdek, xalqimiz farovonligi hamda yurtimiz tinchligi yo‘lida salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan tizim masʼullarini eʼtirof etib, ularga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Tadbir yakunida, tuman prokurori J.Yuldashev va soha mas’ullariga tuman hokimligining tashakkurnomasi va faollarning esdalik sovg‘alari topshirildi.