07-05-2025 18:17
PILLAKORLAR XORMANGLAR...
Ayni kunlarda, yurtimizning boshqa hududlari qatori Pastdarg‘om tumanida ham, ipak qurtini parvarishlash ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Tuman hokimi o‘rinbosari mahallalar bo‘ylab pillakorlar xonadonlarida bo‘lib, muammo va kamchiliklarini o‘rganib boryapti.
Parvarishlash jarayoni bilan tanishib, bu borada o‘z tavsiyalarini bermoqda.
Ular bilan samimiy suhbat qurilib, faol pillakorlarga sovg‘alar ulashilyapti.