PILLAKORLAR ISHI QIZG‘IZ PALLADA
Pastdarg‘omlik pillakorlar joriy yil mavsumida 5918 quti ipak qurti boqib, pilla yetishtirish uchun shartnoma imzolashgan bo‘lib, hozir bu boradagi ishlar qizg‘in davom etmoqda.
Tuman hokimi o‘rinbosari Istiqbol mahallasida yashovchi pillakorlar xonadonida bo‘ldi.
Mazkur xonadonlardan birining sohibi Ro‘ziyev Rustam shu yil 8 quti ipak qurti parvarishlamoqda.
Shu orqali oilasidagi va qo‘shnilari bilan jami 8 nafar fuqarolarning bandligi taʼminlangan. Bu mavsumda u 480 kilogram pilla yetishtirib, 17 millionga yaqin daromad olishni rejalashtirgan.
Tuman hokimi o‘rinbosari bu xonadonda mehnat qilayotgan pillakorlar bilan suhbatlashib, ularga minnatdorchilik va joriy yilda ham birinchilardan belgilangan rejani bajarishlariga tilak bildirdi.