insurez
22-09-2025 15:29

PAXTA HOSILINI O‘Z VAQTIDA YIG‘IB OLISH LOZIM


Pastdarg‘om tumanida viloyat hokimining o‘rinbosari B.Jabborov, tuman hokimi Sh.Rahmonov, prokuror, qishloq xo‘jaligi masʼullari, MMTP raislari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida paxta terimini samarali tashkil etish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuvda kun tartibidagi, paxta hosilini nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish, yong‘in va texnika xavfsizligi talablariga rioya qilish, terim mashinalari texnik holatini ko‘zdan kechirish, terimchilarni moddiy rag‘batlantirish
 kabi yana bir qator muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, yuqorida taʼkidlangan masalalar yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar borasidagi aniq vazifa va muddatlar belgilab olindi.

Shu bilan birga, har bir fermer xo‘jaligida paxta terimini o‘z vaqtida va sifatli yakunlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Teglar
- -