PAXTA DALALARIDAN XABARLAR
Paxta yig‘im-terimi mavsumi boshlandi. Shu kunlarda tumanimizning barcha hududlarida terimga yoppasiga kirishilgan.
Jumladan, "Samarqand Kamalak tekstil" MCHJ negizidagi "Pastdarg‘om oltin yerlari" fermer xo‘jaligida ham terim ishlari jadal davom etmoqda.
Kun avvalida, navbatdagi terim jarayoni oldidan mazkur fermer xo‘jaligida paxtakorlar, mexaniklar va boshqa mirishkor ishchi xodimlar uchun to‘kin dasturxon yozildi.
Qurʼon tilovat qilinib, yetishtirilgan hosilga baraka tilab duoga qo‘l ochildi.
Tuman hokimi Sh.Rahmonov tegishli masʼullar hamrohligida ushbu fermer xo‘jaligida zamonaviy kombaynlar yordamida olib borilayotgan terim jarayoni bilan tanishdi.
Shuningdek, hosilni qisqa fursatlarda nest-nobud qilmasdan yig‘ib olish, yig‘im-terim ishlarini yana-da jadallashtirish hamda bu borada yong‘in, texnika va boshqa xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya qilish borasida tavsiya, ko‘rsatmalar berildi.




