PASTDARG‘OMNING 100 YOSHLIK ONALARI YO‘QLANDI
Muruvvat, ahillik, hamjihatlikni ifodalovchi muborak va fazilatli Ramazon oyida hamda 8 mart – Xotin-qizlar kuni arafasida keksalar holidan xabar olish ezgu ish.
1928-yilda tug‘ilgan Salomat momo Amirova uzoq yillar qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilgan.
1994-yil Shuhrat medali, 2022-yil 1-darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni sohibasiga aylangan.
Shuningdek, 7-8 marta tuman va viloyat kengashi deputatligiga saylangan, xalqning og‘irini yengil qilib, muammolarini hal etishdagi vijdonan saʼy-harakatlari natijasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashi deputatligiga ham saylangan.
Salomat ona hozirda Katta nayman mahallasida farzandlari, kelinlari, nevara-evaralari ardog‘ida o‘z maslahatlarini berib, hozirgi tinchlik davrga shukrona keltirib, qarilik gashtini surib yashab kelmoqda.
Shu kabi, Eshmurodova Muharram aya 1925-yilda Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. Yoshligi paxta dalalarida o‘tgan.
Bugun, tuman hokimi Sh.Rahmonov, nuroniylar Kengashi raisi va tegishli o‘rinbosari hamrohligida ushbu onaxonlar xonadonida bo‘ldi.
Ularni yaqinlashib kelayotgan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklab, samimiy suhbat qurdi.
Shu kabi onaxonga guldasta va esdalik sovg‘alari ulashildi.