PASTDARG‘OMLIK ZULFIYA IZDOSHI
Kuni kecha yurtboshimiz tomonidan o‘zining bilimi, iqtidori va odobi bilan tengdoshlariga namuna bo‘lib kelayotgan qizlarimizdan 28 nafari turli sohalardagi yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Ular orasida pastdarg‘omlik ijodkor o'qituvchi, "Aks sado", "Avron" nomli sheʼriy to‘plamlar muallifi Gulhayo Anorova ham borligi kishini quvontiradi.
Ma'lumot uchun, Gulhayo Anorova Pastdarg'om tumanidagi 52-umumiy o‘rta taʼlim maktabida yosh avlodga ona tili va adabiyot fanidan saboq berib kelmoqda.
Vafo va sadoqat timsoli bo'lgan haqiqiy o'zbek ayoli - Zulfiyaxonim izdoshlari yil sayin ko'paymoqda.
Shoiraning pastdarg'omlik izdoshi Gulhayoning bunday yuksak mukofotga sazovor bo'lishi barchamizning qalbimizda faxr, iftixor hissini uyg'otishi tabiiy.
Gulhayo Anorovani tuman hokimligi jamoasi ushbu mukofot bilan muborakbod etadi.