PASTDARG‘OMLIK YОSН MUSAVVIRGA MUKOFOT MUBORAK
Maʼlumki, yurtimizda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida ko‘plab musobaqa va tanlovlar o‘tkazib borilmoqda.
Toshkent shahrida o‘tkazilgan tadbirda ushbu musobaqalar negizida tashkil etilgan "Yosh musavvir" tanlovi g‘oliblarining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Pastdarg‘om tumani Furqat mahallasida yashovchi Aziza Ashirbekova ham, mazkur tanlovning Respublika bosqichida 12-17-yoshlilar o‘rtasida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgani uchun 15 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Biz, pastdarg‘omlik yosh musavvirning ota-onasi va ustozlariga minnatdorchilik bildirib, kelgusida bundanda yuqori natijalarga erishishini tilab qolamiz!




